Amerika Qo‘shma Shtatlari “Anoka-Ramsey community college” professori Laurie A.Wolfe xonim tashrifi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga xalqaro hamkorlik doirasida 2021 yilning 19 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari “Anoka-Ramsey community college” professori Laurie A.Wolfe xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor dastlab akademik litsey o'quvchilari uchun psixologik suhbat olib bordi. Suhbat davomida o'quvchilarda yuzaga keladigan stress muammolari va ularga yechim to'g'risida to’xtalib o‘tildi. Shuningdek, kunning ikkinchi qismida Laurie A. Wolfe ishtirokida akademik litsey o'qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminarda dars mashg‘ulotlarini olib borish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar orasida yuzaga keladigan muammolar va ularni yengib…
