Buyuk davlat arbobi, buyuk sarkarda, yuksak ma’naviyat sohibi Amir Temur tavalludining 686 yilligi
Bugun 2022-yil 9-aprel kuni buyuk davlat arbobi, buyuk sarkarda, yuksak ma’naviyat sohibi Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida "Zakovat" intellektual bilimlar bellashuvi bo’lib o’tdi. Bellashuvda 108-guruh o’quvchilarining “Temur tuzuklari” jamoasi , 105-guruh o’quvchilarining “O’zbekiston yoshlari” jamoasi, 208-guruh o’quvchilarining “Temur izdoshlari” jamoasi o'zaro bahslashishdi. "Zakovat" intellektual bilimlar bellashuvi natijalari quydagicha:1-o’rin: 208-guruh o’quvchilarining “Temur izdohslari” jamoasi;2-o’rin: 105-guruh o’quvchilarining “O’zbekiston yoshlari” jamoasi;3-o’rin: 108-guruh o’quvchilarining “Temur…