Bugun Nizomiy nomidagi akademik litseyida Janubiy Koreya Sunchon Milliy Universitetining xalqaro bo’lim menejeri Kim SeUn, Lee Su Bin, Sunchon universitetining O’zbekistonlik o’quvchilarga ma’sul menejeri Maftuna Toshpulatova bilan akademik litsey koreys tili yo‘nalishi o‘quvchilari uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Sunchon universiteti vakillari universitet haqida taqdimot shaklida to‘liq ma’lumot berishdi.O‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan, Janubiy Koreya Respublikasida o‘qish tartibi, Sunchon universitetiga bog‘lik barcha savollariga to‘liq javob olishdi.Korealik mehmonlar o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari taqdim qilishdi.
