You are currently viewing “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”

2022-yilning 6-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi xodimlari N.Xakiyev va A.Omonov. O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professor-o‘qituvchisi tarix fanlari nomzodi, dotsent B.Berdiyev, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.Saydalixodjayeva, yuridik fanlari nomzodi Sh.Avazova, falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Sobirovalar ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinish tarixi, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Fikr bildirish