Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyda “Voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga berish, istalmagan xomiladorlik holatlarini oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida 60-OP shifokor-genikologi Raxmatova Jamila Raxmatullayevna ishtirok etdi. Davra suhbati davomida o‘quvchi-qizlarga kerakli ma’lumotlar shaxsiy gigiyena, o‘smir va o‘spirin yoshdagi organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar, shifokor ko‘rigidan vaqtida o‘tish,kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, erta turmush qurishning va erta homiladorlikning salbiy oqibatlari shifokorlar tomonidan batafsil tushuntirib berildi.