Go’zallik va nafosat bayrami munosabati bilan Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyi o’quvchilari tomonidan “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli bayram dasturi taqdim etildi. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki bo’lgan xotin-qizlarni qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimizning uzoq yillik qadriyati hisoblanadi.
Aziz opa-singillar sizni hech qachon bahoriy go’zallik tark etmasin. Yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum hech qachon arimasin.




