O‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi tomonidan Xalqaro xitoy tili va madaniyati festivali o‘tkazildi

Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi tomonidan Xalqaro xitoy tili va madaniyati festivali o‘tkazildi. Festival davomida xitoy tilida qo‘shiqlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari faol ishtirok etib faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Continue ReadingO‘zbekistondagi Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi tomonidan Xalqaro xitoy tili va madaniyati festivali o‘tkazildi

O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy – targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy - targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning turmush o‘rtog‘i, shoira Nazira Assalom ishtirok etib shoirning ijodiy yo‘li to‘g‘risida o‘quvchilarga gapirib o‘tdi. Tadbir qiziqarli va sermazmun bo‘ldi. Nazira Assalom tadbir ishtirokchilariga Muxammad Yusufning kitoblarini sovg‘a qilib, shoirning uy muzeyga taklif etdilar.

Continue ReadingO‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy – targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

TDPUning akademik litseyida Abdurashid Nurmurodovning “Urush” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston yozuvchilar va jurnalistlar a’zosi, yozuvchi Abdurashid Nurmurodov, “Zulfiya” mukofoti sovrindori Iltijo Toshtemirova ishtirok etdi.Urush mavzusiga bag‘ishlab yozilgan asarlar juda ko‘p. Lekin ular orasida aynan Abdurashid Nurmurodovning “Urush” nomli asari o‘zining qiymatiga egadir. Bu asardagi voqealardan qalbimizda ogʻriq sezganimiz, koʻzga yosh olganimiz ham haqiqat. Ushbu kitobda boshqa asarlarda bayon qilingan voqealarning birortasini takrorlamaydi.

Continue ReadingTDPUning akademik litseyida Abdurashid Nurmurodovning “Urush” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Kuch – adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida joriy yilning 10 aprel kuni “Kuch - adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Nizomiy nomidagi TDPU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasining Katta o‘qituvchisi Pustovaya Ye.S. o‘quvchi-yoshlarga Buyuk ajdodimiz Amir Temurning bosib o‘tgan yo‘li, davlat arbobi sifatida qilgan ishlari va xarbiy yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Continue Reading“Kuch – adolatda” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyida «Jaxolatga karshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Uzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi Arab tili va adabiyoti al-Azxar kafedrasi katta ukituvchisi Yo.Shukurov ma’ruza kildi. O‘quvchilarga mamlakatimizdagi tinch-totuv xayotni qadriga yetish xamda dunyoda ro‘y berib kelayotgan siyosiy jarayonlar xaqida aytib o‘tildi. Ma’ruzachi o‘quvchilarni savollariga to‘liq javob berdi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi TDPU akademik litseyida «Jaxolatga karshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.