TDPUning akademik litseyida Abdurashid Nurmurodovning “Urush” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston yozuvchilar va jurnalistlar a’zosi, yozuvchi Abdurashid Nurmurodov, “Zulfiya” mukofoti sovrindori Iltijo Toshtemirova ishtirok etdi.Urush mavzusiga bag‘ishlab yozilgan asarlar juda ko‘p. Lekin ular orasida aynan Abdurashid Nurmurodovning “Urush” nomli asari o‘zining qiymatiga egadir. Bu asardagi voqealardan qalbimizda ogʻriq sezganimiz, koʻzga yosh olganimiz ham haqiqat. Ushbu kitobda boshqa asarlarda bayon qilingan voqealarning birortasini takrorlamaydi.
