O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy – targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy - targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Muxammad Yusufning turmush o‘rtog‘i, shoira Nazira Assalom ishtirok etib shoirning ijodiy yo‘li to‘g‘risida o‘quvchilarga gapirib o‘tdi. Tadbir qiziqarli va sermazmun bo‘ldi. Nazira Assalom tadbir ishtirokchilariga Muxammad Yusufning kitoblarini sovg‘a qilib, shoirning uy muzeyga taklif etdilar.
