2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

Continue Reading2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

Akademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. Unga ko‘ra, akademik litseylarga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali joriy yil 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi. Respublikamizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari haqidagi ma’lumot platformada avtomatik shakllanadi. Faqat ular imtiyoz beruvchi hujjat va 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat (agar pasport/ID olmagan bo‘lsa) yuklashlari zarur bo‘ladi. Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida platforma orqali quyidagi hujjatlarni yuklaydi:…

Continue ReadingAkademik litseylarga hujjatlar 1-iyundan onlayn qabul qilinadi