“Xitoy tili ko‘prigi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

2023 yil 11 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va akademik litseylar o‘quvchi hamda talabalari uchun an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Xitoy tili ko‘prigi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Amir Tadjibayev faxrli 2-o‘rin va 2-bosqich o‘quvchisi Vasilaxon Akromxo‘jayeva 2-o‘rinni egallashdi.Akademik litsey jamoasi ushbu tadbirda faol ishtirok etib, faxrli 2 -o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar Vasilaxon Akromxo‘jayeva va Amir Tadjibayevlarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chin dildan muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Continue Reading“Xitoy tili ko‘prigi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich bitiruvchisi Nurmahambetova Nozimaxon Normamat qizi chet elning nufuzli 6 ta universitetlariga o’qishga qabul qilindi.

Jumladan, Amerikaning Arizona state universiteti, Pace universiteti, Avstraliyaning Western Sydney universiteti, Angliyaning Hertfordshire universiteti, Ruskin universiteti va Plymouth universiteti .Akademik litsey ma’muriyati Nurmahambetova Nozimaxon Normamat qizini mazkur yutuqlari bilan chin dildan tabriklab, uning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich bitiruvchisi Nurmahambetova Nozimaxon Normamat qizi chet elning nufuzli 6 ta universitetlariga o’qishga qabul qilindi.

Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, umum ta’lim maktablari va akademik litseylar o‘quvchi hamda talabalari uchun o‘tkazilayotgan “Xitoy tili ko‘prigi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

????Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ijrochi direktori ishtirok etdi va nutq so‘zladi. ????Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi, ushbu tadbirda akademik litsey nomidan ishtirok etayotgan o‘quvchilar Akromxo‘jayeva Vasila va Tadjibayev Amirlarga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Continue ReadingXitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, umum ta’lim maktablari va akademik litseylar o‘quvchi hamda talabalari uchun o‘tkazilayotgan “Xitoy tili ko‘prigi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari o‘rtasida Arab tili fani bo‘yicha II Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. 

Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 13 nafar 2-bosqich bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.Olimpiada natijalariga ko‘ra 3-nafar bitiruvchilar, Nuriddinova Mohira Kamoliddin qizi – faxrli 1-o‘rin, To‘ychiyeva Ziyoda Qudratilla qizi – faxrli 2-o‘rin va Tohirova Xadicha Murod qizi – faxrli 3-o‘rinni qo‘ga kiritishib, imtihonlarsiz grant asosida Oriental universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.Bundan tashqari 6 nafar bitiruvchilar (Abdusalomova Madinabonu Rustamjon qizi, Baxtiyorova Munisa Dilmurod qizi, Miraxmatov Ali Ulug‘bekovich, Komiljonova Xadicha To‘lqin qizi, Tohirov Ismoil Murod o‘g‘li, Xasanboyeva Zahroxon Farxod qizi) faol ishtirok etganligi sababli…

Continue ReadingO‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti tomonidan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilari o‘rtasida Arab tili fani bo‘yicha II Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi.