Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 13 nafar 2-bosqich bitiruvchilari faol ishtirok etishdi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra 3-nafar bitiruvchilar, Nuriddinova Mohira Kamoliddin qizi – faxrli 1-o‘rin, To‘ychiyeva Ziyoda Qudratilla qizi – faxrli 2-o‘rin va Tohirova Xadicha Murod qizi – faxrli 3-o‘rinni qo‘ga kiritishib, imtihonlarsiz grant asosida Oriental universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Bundan tashqari 6 nafar bitiruvchilar (Abdusalomova Madinabonu Rustamjon qizi, Baxtiyorova Munisa Dilmurod qizi, Miraxmatov Ali Ulug‘bekovich, Komiljonova Xadicha To‘lqin qizi, Tohirov Ismoil Murod o‘g‘li, Xasanboyeva Zahroxon Farxod qizi) faol ishtirok etganligi sababli to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida imtihonlarsiz o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Univetsitet va akademik litsey ma’muriyati barcha g‘olib va ishtirokchilarni mazkur yutuqlar bilan chin dildan tabriklab, ularning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.


