“Xitoy tili ko‘prigi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

2023 yil 11 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va akademik litseylar o‘quvchi hamda talabalari uchun an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Xitoy tili ko‘prigi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Amir Tadjibayev faxrli 2-o‘rin va 2-bosqich o‘quvchisi Vasilaxon Akromxo‘jayeva 2-o‘rinni egallashdi.Akademik litsey jamoasi ushbu tadbirda faol ishtirok etib, faxrli 2 -o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar Vasilaxon Akromxo‘jayeva va Amir Tadjibayevlarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chin dildan muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Continue Reading“Xitoy tili ko‘prigi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich bitiruvchisi Nurmahambetova Nozimaxon Normamat qizi chet elning nufuzli 6 ta universitetlariga o’qishga qabul qilindi.

Jumladan, Amerikaning Arizona state universiteti, Pace universiteti, Avstraliyaning Western Sydney universiteti, Angliyaning Hertfordshire universiteti, Ruskin universiteti va Plymouth universiteti .Akademik litsey ma’muriyati Nurmahambetova Nozimaxon Normamat qizini mazkur yutuqlari bilan chin dildan tabriklab, uning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich bitiruvchisi Nurmahambetova Nozimaxon Normamat qizi chet elning nufuzli 6 ta universitetlariga o’qishga qabul qilindi.