
2023-yilning 14-16-sentabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Koreyada ta’lim 2023” o‘quv ko‘rgazmasi doirasida Koreya Respublikasining xalqaro ta’limni rivojlantirish milliy institutining rejalashtirish boshqarmasi boshlig’i Na Xyan Ok, TOPIK imtihonini tashkillashtirish bo’limi boshlig’i Kim Na Yun, hamda Koreya Respublikasi ta’lim vazirligi bo’limi xodimi Kim Yong Sam boshchligidagi jamoa bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi.


