Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi dotsenti H.Suyunov, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent S.Axmedov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti F.Qurbonova ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi va jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb ma’naviy burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.


