You are currently viewing Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Yakkasaroy tuman saralash bosqichi

Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Yakkasaroy tuman saralash bosqichi

Yakkasaroy tumanidagi Toshkent Texnologiya, Menejment va kommunikatsiya institutida Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Yakkasaroy tuman saralash bosqichida g‘olib bo‘lganlarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.???? Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman IIO FMB bo‘lim boshlig‘i Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Аbdumuxtor Malikov, hamda yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda tuman hokimi Allabergenova so‘zga chiqib, ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor eʼtirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, sanʼat, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarga eʼtiqodining yuksalishi yo‘lidagi ibratli faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida taʼsis etilgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining Respublika bosqichida ham o‘rin olib Yakkasaroy tumani nomiga yuksak medalni qo‘lga kiritishlariga omad tiladi.Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyning 2 bosqich o’quvchisi Nazarova Asal “Adabiyot” yo’nalishi bo’yicha ishtirok etib Toshkent shahar bosqichiga yo’llanma oldi.

Fikr bildirish