You are currently viewing Tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflari

Tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflari

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mas’ul xodimlari, darsliklar mualliflari hamda akademik litseylar ijrochi direktorlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Botirova Soliyaxon Ro’zivoevna ushbu darsliklar mualliflaridan biri sifatida mazkur tadbirda ishtirok etdi.

Fikr bildirish