TDPU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida 5 tashabbus doirasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlaydi.  Tadbir taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asariga  bag‘ishlangan bo‘lib unda ko‘tarilgan mavzuning dolzarbligi ko‘rildi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishildi, tadbir ishtirokchilariga kitoblar va esdalik sovg‘alari berildi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida tadbir tashkil etildi

TDPU akademik litseyi o’quvchisi yoshlar lageriga yo’llanmani qo’lga kiritdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o’quvchisi Matkosimova Sevinch Janubiy Koreya Respublikasining ta'lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan dastur bo’yicha yoshlar lageriga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan yuzdan ziyod  O’zbekiston Respublikasining umumta’lim maktablari va akademik litsey  o’quvchilari ichida g'oliblikni qo’lga kiritgan 5 nafar yoshlar ichida Matkosimova Sevinch ham o’rin olgan. Akademik litsey jamoasi iqtidorli o’quvchisini muborakbod etadi!

Continue ReadingTDPU akademik litseyi o’quvchisi yoshlar lageriga yo’llanmani qo’lga kiritdi

Koreyaning nufuzli universiteti mutaxassislari va litseyimiz talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Joriy yilning 24-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Koreyaning Chungnam milliy universitetining talabalar bilan ishlash boshqarmasi menejeri Kim Yun-Sang, Koreya ta'lim instituti direktori Chjon Chje Von va Toshkent Koreya ta'lim markazidan ma'muriy xodim Munavvar tashrif buyurishdi.Universitet vakillari o'z oliy ta'lim muassasalari haqida, undagi ta'lim tizimi, tarkibidagi sohalar, yo'nalishlar, erishgan natijalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar borasida litsey talabalariga ma'lumotlar berishdi.Bu uchrashuv Janubiy Koreyada tahsil olish niyatida bo'lgan o'quvchilarimiz uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Uchrashuv davomida litseyimiz o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Continue ReadingKoreyaning nufuzli universiteti mutaxassislari va litseyimiz talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

«Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ijobiy muhitni shakllantirish va do‘stona munosabat o‘rnatish» mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi TDPU akademik litseyida 203-guruh o‘quvchilari bilan akademik litsey psixologi Xaydarova Saodatxon Rashitxon qizi tomonidan "Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ijobiy muhitni shakllantirish va do‘stona munosabat o‘rnatish" mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Continue Reading«Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ijobiy muhitni shakllantirish va do‘stona munosabat o‘rnatish» mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

“Barkamol avlod” sport musobaqalarining “Badminton” sport turi boʼyicha Toshkent shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Oʼquvchi va talaba yoshlar oʼrtasida oʼtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 864-son qaroriga muvofiq har ikki yilda akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʼquvchi-yoshlari oʼrtasida anʼanaviy tarzda oʼtkaziladigan Respublika “Barkamol avlod” sport musobaqalarining “Badminton” sport turi boʼyicha Toshkent shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.Mazkur sport musobaqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyidan 4 nafar oʼquvchilar ishtirok etdi.Musobaqada Toshkent shahridagi akademik litsey va professional taʼlim muassasalari jami 11 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga koʼra akademik…

Continue Reading“Barkamol avlod” sport musobaqalarining “Badminton” sport turi boʼyicha Toshkent shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.

«Xitoy an’anaviy bayramlari: Xitoy bahor bayrami (yangi yil)»mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024-yilning 17-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Xitoy Respublikasidan volontyor sifatida jalb qilingan xitoy tili o'qituvchisi Ma Mengyuan tomonidan "Xorijiy tillar"(xitoy tili) yo'nalishida tahsil oluvchi òquvchilar uchun "Xitoy an'anaviy bayramlari: Xitoy bahor bayrami (yangi yil)" "中国传统节日:春节" mavzusida ochiq dars òtib berildi. Dars davomida òquvchilar Xitoy urf-odatlari, milliy qadriyatlari bilan tanishishdi. Shu bilan birga ular haqida ko'proq ma'lumotga ega bòlishdi. Tarqatma materiallar tarqatildi hamda videorolik taqdim etildi. Dars yakunida o'quvchilar mavzuga aloqador yangi sòzlarni yozib oldilar.Xitoy tili darsi qiziqarli va mazmunli òtdi.

Continue Reading«Xitoy an’anaviy bayramlari: Xitoy bahor bayrami (yangi yil)»mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi

Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Unda litseyning 1-bosqich o’quvchilari ishtirok etishdi. Intellektual o’yin qatnashuvchilarini jami 7 ta jamoa tashkil etdi: “Yosh matematiklar”, “Best of the best”, “Beklar”, “Лига правосудия”, “lightspeed”, “linguists”, “Интеграл с разбега”.O’yinda jamoalar mantiqiy, ilm-fan, texnologiya, san’at, madaniyat, tarixga oid ko’plab qiziqarli savollarga belgilangan vaqt ichida javob berishdi. O’quvchilar ushbu jarayonda o’z intellektual salohiyatlari va tezkorliklarini namoyon qilishdi. O’yin yakunida har bir jamoa to’plagan ballar e’lon qilindi. Eng yuqori natija ko’rsatgan jamoa “Beklar” g’alaba qozondi. Jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Zakovat” intellektual o’yini o’quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan…

Continue ReadingToshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

“Koreys milliy taomlari” mavzusida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024-yilning 16-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Koreya Respublikasidan volontyor sifatida jalb qilingan koreys tili o‘qituvchisi Shin Jinhye tomonidan “Xorijiy tillar” (koreys tili) yo‘nalishida tahsil oluvchi o‘quvchilar uchun “Koreys milliy taomlari” mavzusida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.  Ushbu darsda o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.

Continue Reading“Koreys milliy taomlari” mavzusida navbatdagi ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024 yilning 12 yanvar kuni Toshkent shahar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi. Yoshlar jamoalarga birlashgan xolda, turli shartlar bo‘yicha bellashishdi. Musobaqa davomida o‘quvchilar faol, jo‘shqinlik bilan ishtirok etdilar. Qatnashuvchilar yugurish, koptok uloqtirish, arqon tortish, sport toshlari ko‘tarish va shu kabi ko‘plab qiziqarli shartlarni bajarishdi. Musobaqa yakunida jamoalar esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar. Eng asosiysi, musobaqa yoshlarni ajoyib, zavqli va yuqori kayfiyatga ega atmosferada jamladi!

Continue ReadingVatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.