You are currently viewing Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.

2024 yilning 12 yanvar kuni Toshkent shahar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi.

Yoshlar jamoalarga birlashgan xolda, turli shartlar bo‘yicha bellashishdi. Musobaqa davomida o‘quvchilar faol, jo‘shqinlik bilan ishtirok etdilar. Qatnashuvchilar yugurish, koptok uloqtirish, arqon tortish, sport toshlari ko‘tarish va shu kabi ko‘plab qiziqarli shartlarni bajarishdi. Musobaqa yakunida jamoalar esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.

Eng asosiysi, musobaqa yoshlarni ajoyib, zavqli va yuqori kayfiyatga ega atmosferada jamladi!

Fikr bildirish