Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

Unda litseyning 1-bosqich o’quvchilari ishtirok etishdi. Intellektual o’yin qatnashuvchilarini jami 7 ta jamoa tashkil etdi: “Yosh matematiklar”, “Best of the best”, “Beklar”, “Лига правосудия”, “lightspeed”, “linguists”, “Интеграл с разбега”.
O’yinda jamoalar mantiqiy, ilm-fan, texnologiya, san’at, madaniyat, tarixga oid ko’plab qiziqarli savollarga belgilangan vaqt ichida javob berishdi. O’quvchilar ushbu jarayonda o’z intellektual salohiyatlari va tezkorliklarini namoyon qilishdi. O’yin yakunida har bir jamoa to’plagan ballar e’lon qilindi.

Eng yuqori natija ko’rsatgan jamoa “Beklar” g’alaba qozondi. Jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Zakovat” intellektual o’yini o’quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, his-hayajon, zavq va ajoyib kayfiyat muhitiga aylandi!

Fikr bildirish