2024-yilning 17-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Xitoy Respublikasidan volontyor sifatida jalb qilingan xitoy tili o’qituvchisi Ma Mengyuan tomonidan «Xorijiy tillar»(xitoy tili) yo’nalishida tahsil oluvchi òquvchilar uchun «Xitoy an’anaviy bayramlari: Xitoy bahor bayrami (yangi yil)» «中国传统节日:春节» mavzusida ochiq dars òtib berildi. Dars davomida òquvchilar Xitoy urf-odatlari, milliy qadriyatlari bilan tanishishdi. Shu bilan birga ular haqida ko’proq ma’lumotga ega bòlishdi. Tarqatma materiallar tarqatildi hamda videorolik taqdim etildi. Dars yakunida o’quvchilar mavzuga aloqador yangi sòzlarni yozib oldilar.Xitoy tili darsi qiziqarli va mazmunli òtdi.








