You are currently viewing “Barkamol avlod” sport musobaqalarining “Badminton” sport turi boʼyicha Toshkent shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.

“Barkamol avlod” sport musobaqalarining “Badminton” sport turi boʼyicha Toshkent shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Oʼquvchi va talaba yoshlar oʼrtasida oʼtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 864-son qaroriga muvofiq har ikki yilda akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʼquvchi-yoshlari oʼrtasida anʼanaviy tarzda oʼtkaziladigan Respublika “Barkamol avlod” sport musobaqalarining “Badminton” sport turi boʼyicha Toshkent shahar bosqichi boʼlib oʼtdi.Mazkur sport musobaqasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyidan 4 nafar oʼquvchilar ishtirok etdi.Musobaqada Toshkent shahridagi akademik litsey va professional taʼlim muassasalari jami 11 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga koʼra akademik litseyning 2-bosqich oʼquvchisi Qoʼchqorov Аbdulaziz Ilyos oʼgʼli faxrli 3-oʼrinni (oʼgʼil bolalar oʼrtasida), 1-bosqich oʼquvchisi Eshnazarova Sarvinoz Xayrulla qizi faxrli 1-oʼrinni (qiz bolalar oʼrtasida) egallashdi.

Fikr bildirish