Koreyaning nufuzli universiteti mutaxassislari va litseyimiz talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Joriy yilning 24-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Koreyaning Chungnam milliy universitetining talabalar bilan ishlash boshqarmasi menejeri Kim Yun-Sang, Koreya ta'lim instituti direktori Chjon Chje Von va Toshkent Koreya ta'lim markazidan ma'muriy xodim Munavvar tashrif buyurishdi.Universitet vakillari o'z oliy ta'lim muassasalari haqida, undagi ta'lim tizimi, tarkibidagi sohalar, yo'nalishlar, erishgan natijalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar borasida litsey talabalariga ma'lumotlar berishdi.Bu uchrashuv Janubiy Koreyada tahsil olish niyatida bo'lgan o'quvchilarimiz uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Uchrashuv davomida litseyimiz o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.