Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o’quvchisi Matkosimova Sevinch Janubiy Koreya Respublikasining ta’lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan dastur bo’yicha yoshlar lageriga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan yuzdan ziyod O’zbekiston Respublikasining umumta’lim maktablari va akademik litsey o’quvchilari ichida g’oliblikni qo’lga kiritgan 5 nafar yoshlar ichida Matkosimova Sevinch ham o’rin olgan. Akademik litsey jamoasi iqtidorli o’quvchisini muborakbod etadi!




