TDPU Akademik litseyining o’quvchisi Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish uchun Sochi shahriga jo‘nab ketdi
Akademik litseyning “Xorijiy tillar” (xitoy tili) yo‘nalishi 2-bosqich o‘quvchisi Tajibayev Amir Taxirovich Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi. U O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun topshirilgan 3000 mingdan ziyod nomzodlar orasidan tashkiliy qo‘mita tomonidan saralab olingan 100 nafar nomzodlar qatorida 2024-yilning 28-fevral – 8-mart kunlari Butunjahon yoshlar festivali doirasida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga taklif etilgan. Ma’lumot uchun, Butunjahon yoshlar festivali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 1—7-mart kunlari “Sirius” federal hududida o‘tkaziladi va fan, ijod, sport va siyosatda muvaffaqiyatlarga erishgan…