You are currently viewing Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – shoirlarning sultonidir” nomli ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi D.Jumashov taklif etildi. Tadbir yakunida “Alisher Navoiy ijodida Vatan madhi” mavzusida o‘tkazilgan insholar va  devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Fikr bildirish