2024-yilning 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi bilan hamkorlikda Koreya milliy yangi yil bayrami (설날) tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Koreyaning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir.
Tadbirda Toshkent shahridagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Ju-Man (팩주만) mahalliy koreys tili maktabi mas’ul xodimi Marina Kim hamda Kimyo xalqaro universiteti stajyor-tadqiqotchilari ishtirok etishdi.






