Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent shahridagi akademik litsey va professional maktablar o‘rtasida “Barkamol avlod – 2023” dasturidagi sportning “ Belbog‘li kurash” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyning 2-bosqich o’quvchisi Urinov Muhammadjon ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.


