You are currently viewing “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishchi guruhi xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tuman bo‘limi vakillari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi orkestri jamoasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, chora-tadbirlar va ularning ahamiyati xususida alohida to‘htalib o‘tildi. Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan raqs, she’r va qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etildi. Shu jumladan, viktorina tashkil etilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir barchani yuqori bayramona kayfiyat hamda vatanparvarlik ruhida birlashtirdi!     

Fikr bildirish