Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida juda qiziqarli kitobxonlik kechasi tashkil qilindi.
23-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining akademik litseyida juda qiziqarli kitobxonlik kechasi tashkil qilindi. Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do’stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Kitob o’qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlaydi. Tadbir O’zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning “Jimjitlik” romani tahliliga bag’ishlangan bo’lib, unda ezgulik va yovuzlikning abadiy kurashi, sho‘rolar davridagi adolatsizlik, rahbarlarning poraxo‘rligi, oddiy mehnatkash xalqning hayoti va taqdiri muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tadbir mehmoni sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika…