You are currently viewing “Barkamol avlod – 2023” sport musoboqalarining “Gandbol” turi bo‘yicha TDPU akademik litseyining jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

“Barkamol avlod – 2023” sport musoboqalarining “Gandbol” turi bo‘yicha TDPU akademik litseyining jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir.     

    Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod – 2023” sport musoboqalarining “Gandbol” turi bo‘yicha Toshkent shahar hududiy bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba bilan akademik litsey sport jamoasini muborakbod etib, musoboqaning Respublika bosqichida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Fikr bildirish