Akademik litseyning “Xorijiy tillar” (xitoy tili) yo‘nalishi 2-bosqich o‘quvchisi Tajibayev Amir Taxirovich Butunjahon yoshlar festivalida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi.
U O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun topshirilgan 3000 mingdan ziyod nomzodlar orasidan tashkiliy qo‘mita tomonidan saralab olingan 100 nafar nomzodlar qatorida 2024-yilning 28-fevral – 8-mart kunlari Butunjahon yoshlar festivali doirasida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga taklif etilgan.
Ma’lumot uchun, Butunjahon yoshlar festivali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 1—7-mart kunlari “Sirius” federal hududida o‘tkaziladi va fan, ijod, sport va siyosatda muvaffaqiyatlarga erishgan yoshlarning eng yaxshi vakillarini birlashtiradi.
Tashkilotchilar birlashtiruvchi formatini qayd etgan tadbirda 20 ming kishi ishtirok etadi, ularning yarmi xorijliklardir.
Ular turli sohadagi yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglashlari, siyosatchilar va vazirlarga savollar berishlari, taniqli musiqachilarning konsertlariga borishlari, sun’iy intellekt yordamida shou-debatlarda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

