TDPU akademik litseyida Koreya milliy yangi yil bayrami nishonlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

2024-yilning 9-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Toshkent shahridagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazi bilan hamkorlikda Koreya milliy yangi yil bayrami (설날) tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Koreyaning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir.   Tadbirda Toshkent shahridagi Koreya Ta’lim markazi direktori Pang Ju-Man (팩주만) mahalliy koreys tili maktabi mas’ul xodimi Marina Kim hamda Kimyo xalqaro universiteti stajyor-tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyida Koreya milliy yangi yil bayrami nishonlandi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy - shoirlarning sultonidir” nomli ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi D.Jumashov taklif etildi. Tadbir yakunida “Alisher Navoiy ijodida Vatan madhi” mavzusida o‘tkazilgan insholar va  devoriy gazetalar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Continue ReadingAlisher Navoiy tavalludining 583 yilligi nishonlandi

TDPU akademik litseyi o’quvchilari “Barkamol avlod” sport musobaqalarida ishtirok etdi

Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida har yili bo’lib o’tadigan “Barkamol avlod” sport o’yinlari ham, bugungi kunda tizimning barcha bo’g’inlarida muhim ahamiyatni kasb etib, tobora nufuzi va ommaviyligi oshib borayotgan tadbirlardan biri sanaladi.  Sirdaryo viloyati "Alpomish sport majmuasi"da Respublika akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasida "Barkamol avlod" sport o'yinlarining "Badminton" sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.  Mazkur sport musobaqada “Barkamol avlod - 2023” Toshkent shahar bosqichi  g’olibi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining o’quvchisi Eshnazarova Sarvinoz faol ishtirok etdi.

Continue ReadingTDPU akademik litseyi o’quvchilari “Barkamol avlod” sport musobaqalarida ishtirok etdi