Akademik litseyda xitoy tili guruhlari tomonidan bahor bayrami tadbiri o‘tkazildi
2024-yilning 15- mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili guruhlari tomonidan bahor bayrami tadbiri o‘tkazildi. Bu bayram Xitoyning milliy madaniyati va urf-odatlarini aks ettirib beradigan bayramlardan biridir. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti volontyor - o‘qituvchilari 董富华 (Dong Fuhua), 朱改荣(Zhūgǎiróng) ishtirok etishdi.