“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda akademik litsey rahbariyati, pedagogik jamoa a’zolari, ishchi xodimlar va o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi. Hashar davomida akademik litsey hududini tozalash, daraxtlarga ishlov berish, mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

Continue Reading“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

“Barkamol avlod – 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning  “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Akademik litsey va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bugungi kunda tizimning barcha bo‘g‘inlarida ommaviylik kasb etib, nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotgan tadbirlardan biridir. Toshkent  shahridagi  akademik litsey va professional ta’lim muassasalari  o‘rtasida  “Barkamol avlod - 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning  “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Yermuhamadova Feruza ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Continue Reading“Barkamol avlod – 2023” dasturidan o‘rin olgan sportning  “Shaхmat-shashka” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi