Litseyimizda go’zal bahoriy ayyom, Navruz shukuhi! Bayram munosabati bilan “Milliy liboslar kuni” bo’lib o’tdi. Tabriklar, birgalikda qiziqarli o’yinlar va esdalik uchun fotosessiyalar amalga oshirildi. Bayram barchaga quvonch, ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Shuningdek, aynan Navro’zda, 21-mart kuni tavallud topgan buyuk shoirimiz, adabiyotimizning zabardast vakili, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning «Jannatga yo’l» dramatik dostoni asosida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari doktori, Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova tashrif buyurdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi barchani Navro’z bilan muborakbod etadi!






