Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida rus adabiyotining buyuk namoyondasi Mixail Bulgakov hayoti va ijodi, shu jumladan, yozuvchining “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi. Unda o’quvchilar yozuvchi biografiyasi, ijodiyotiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar, mavzu yuzasidan o’zaro fikr almashib, o’z bilimlarini yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, ajoyib bellashuv tashkil etilib, o’quvchilar jamoalarga birlashgan holda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Dars yakunida natijalar e’lon qilinib, “Svita” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Continue ReadingMixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  Koreyalik oʻqituvchi 신지헤 (Shin Jin Hye) tomonidan “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi.  Unda o’quvchilar  ustozlari bilan birgalikda Koreyaning eng mashhur va sevimli taomlaridan bo’lgan - kimpab tayyorlashni o’rganishdi. O’quvchilar shu tariqa koreys oshxonasiga, o’ziga xos madaniyati olamiga sayohat qilishdi.

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida  “Koreya taomlari” mavzusida  ochiq dars oʻtkazildi

“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

2024-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti, Pekin til va madaniyat universiteti va Shensi pedagogika universitetlari hamkorligida “Sharqshunos-talabalarning ko‘klam festivali” doirasida “O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Festivalda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o’quvchisi  Uralova Diyora faol ishtirok etdi va fahriy yorliq bilan taqdirlandi .

Continue Reading“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

В академическом лицее Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами отметили Международный день китайского языка, провозглашённый ООН. 

В академическом лицее Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами отметили Международный день китайского языка, провозглашённый ООН. Этот праздник считается одним из периодов 24 традиционных китайских солнечных терминов под названием "Зерновой дождь". Отмечая этот праздник, ученики лицея  изучают двадцать четыре солнечных термина, которые также являются продуктом древней китайской сельскохозяйственной культуры. Год делится на 24 части в соответствии с движением Солнца. Ученики получили информацию о том, как китайцы отмечают данный праздник.

Continue ReadingВ академическом лицее Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами отметили Международный день китайского языка, провозглашённый ООН. 

«Koreyada ta’lim olish ko’rgazmasi» da ishtirok etdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining koreys tili yo‘nalishi  o’quvchilari  Koreya Respublikasi ta’lim markazi tomonidan tashkillashtirilgan  «Koreyada ta’lim olish ko’rgazmasi» da ishtirok etdi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Koreya Respublikasining universitetlari bo’yicha  ma’lumotga  ega bo’lishdi.

Continue Reading«Koreyada ta’lim olish ko’rgazmasi» da ishtirok etdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi. Unda o’quvchilar psixolog boshchiligida jamoaviy tarzda qiziqarli jarayonlarda birlashib, o’zlarini va guruhdosh do’stlarini psixologik tomondan kashf etish, o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Ayniqsa, “Ochiq mikrofon” psixologik o’yini o’quvchilarda alohida qiziqish uyg’otdi. Mashg’ulot o’quvchilarni zavqli va do’stona muhitda birlashtirdi. Aytish joizki, bu kabi jamoaviy mashg’ulotlar guruh jipsligi, o’zaro muloqot, o’zi va atrofdagilarni tushunish va umuman olganda, sog’lom psixologik muhitni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Continue ReadingNizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida o’quvchilar bilan psixologik mashg’ulot o’tkazildi

Видеоролик о деятельности академического лицея при Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами

Видеоролик о деятельности академического лицея при Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами СМОТРЕТЬ

Continue ReadingВидеоролик о деятельности академического лицея при Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами

Akademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Pekin operasining grimini Lian pu texnikasi bo’yicha o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Aynan operada qo’llaniladigan maxsus niqoblar ustiga chizish jarayoni o’quvchilarga zavq bag’ishladi. Ta’kidlash kerakki, Pekin operasi grimida aks etuvchi har bir rang o’ziga xos ma’no kasb etadi. Mashg’ulot davomida o’quvchilar Pekin operasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi va albatta, Xitoy san’ati, madaniyati muhitini his etishdi.    

Continue ReadingAkademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi

“Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan  “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Unda “Ko’ragon”, “Temur tuzuklari” va “Kuch adolatda” jamoalari ishtirok etib, Amir Temur, xususan, Temuriylar davri tarixi yuzasidan o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Intellektual o’yin o’quvchilar uchun jo’shqin, bahsli va qiziqarli jarayonga aylandi. O’yin so’ngida natijalar e’lon qilinib, “Kuch adolatda ” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.  

Continue Reading“Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi