“Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Unda “Ko’ragon”, “Temur tuzuklari” va “Kuch adolatda” jamoalari ishtirok etib, Amir Temur, xususan, Temuriylar davri tarixi yuzasidan o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Intellektual o’yin o’quvchilar uchun jo’shqin, bahsli va qiziqarli jarayonga aylandi. O’yin so’ngida natijalar e’lon qilinib, “Kuch adolatda ” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
