Akademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Pekin operasining grimini Lian pu texnikasi bo’yicha o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Aynan operada qo’llaniladigan maxsus niqoblar ustiga chizish jarayoni o’quvchilarga zavq bag’ishladi. Ta’kidlash kerakki, Pekin operasi grimida aks etuvchi har bir rang o’ziga xos ma’no kasb etadi. Mashg’ulot davomida o’quvchilar Pekin operasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi va albatta, Xitoy san’ati, madaniyati muhitini his etishdi.