“O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi
2024-yil 19-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti, Pekin til va madaniyat universiteti va Shensi pedagogika universitetlari hamkorligida “Sharqshunos-talabalarning ko‘klam festivali” doirasida “O‘zbek va xitoy talabalari bahori” mavzuida turkum madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Festivalda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o’quvchisi Uralova Diyora faol ishtirok etdi va fahriy yorliq bilan taqdirlandi .
