Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida “Koreya taomlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Koreyalik oʻqituvchi 신지헤 (Shin Jin Hye) tomonidan “Koreya taomlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Koreyaning eng mashhur va sevimli taomlaridan bo’lgan - kimpab tayyorlashni o’rganishdi. O’quvchilar shu tariqa koreys oshxonasiga, o’ziga xos madaniyati olamiga sayohat qilishdi.