Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida rus adabiyotining buyuk namoyondasi Mixail Bulgakov hayoti va ijodi, shu jumladan, yozuvchining “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi. Unda o’quvchilar yozuvchi biografiyasi, ijodiyotiga oid ma’lumotlarni taqdim etdilar, mavzu yuzasidan o’zaro fikr almashib, o’z bilimlarini yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, ajoyib bellashuv tashkil etilib, o’quvchilar jamoalarga birlashgan holda o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Dars yakunida natijalar e’lon qilinib, “Svita” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Continue ReadingMixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani asosida ochiq dars o’tkazildi