You are currently viewing 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida     9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Unda o’quvchilar o’zlarining tarix, jahon siyosati, adabiyot va boshqa yo’nalishlarga oid bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Ayniqsa, intellektual o’yin davomida tarixning ayanchli sahifalari yodga olinib, II jahon urushi, fashizm ustidan qozonilgan g’alaba, va albatta, tinchlik insoniyat uchun nihoyatda muhim, bebaho ne’mat ekanligi xususida alohida to’xtalib o’tildi. O’yin zavq va faollikka boy tarzda o’tdi. Barcha ishtirokchi jamoalar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish