Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litsey o‘quvchilari “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litsey o‘quvchilari Tojiboyev Amir, Ergasheva Samina va O‘ralova Diyora oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademik litsey va umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy ko‘prigi” xalqaro xitoy tili tanlovida ishtirok etishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Xitoy milliy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etilgan. Tanlov ishtirokchilari uchta yo‘nalish bo‘yicha bellashdilar: asosiy nutq, viktorina va iqtidorlar namoyishi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilarining “Xitoy ko‘prigi” xalqaro ko‘rik-tanlovida sovrinli o‘rinlarni…