“Barkamol avlod» sport musobaqalarining respublika final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamolarga Prezident sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o’tdi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Yermuhamadova Feruza va 1-bosqich o`quvchisi Eshnazarova Sarvinoz “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Toshkent shahri jamoasining a`zolari bo`lgan .
2023/2024 o’quv yilida “Barkamol avlod” sport musobaqalarining mutloq g’olibi bo’lgan 1-o‘rinni qo’lga kiritgan Toshkent shahri jamoasiga I darajali diplom, kubok va maxsus statuetkalar O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov topshirdilar. Akademik litsey jamoasi iqtidorli o’quvchilarini muborakbod etadi!
Shu bilan bir qatorda jamoalarga 192 million so‘mlik “Prezident sovg‘asi” to‘plami taqdim etildi.







