Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
2024-yil 21-iyun kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi. Mazkur o'quv yilida akademik litseyni 176 nafar o'quvchi tamomlayotgan bo'lsa, shulardan 21 nafari a'lo darajali diplom bilan tugatdi. Bitiruvchilarning 24 nafari muddatidan oldin nufuzli oliygohlarga o'qishga kirgan. 36 nafar bitiruvchi chettillarini bilish darajasini aniqlovchi IELTS, 102 nafari milliy sertifikat sohibi bo'ldi.