Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi. Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti: 25-iyul kuni soat 15:00 da; 26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini: ➖my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi; ➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga…