Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida xitoy tili volontyor o’qituvchisi  tomonidan Xitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi. Unda o’quvchilar ustozlari bilan birgalikda Pekin operasining grimini Lian pu texnikasi bo’yicha o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Aynan operada qo’llaniladigan maxsus niqoblar ustiga chizish jarayoni o’quvchilarga zavq bag’ishladi. Ta’kidlash kerakki, Pekin operasi grimida aks etuvchi har bir rang o’ziga xos ma’no kasb etadi. Mashg’ulot davomida o’quvchilar Pekin operasi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi va albatta, Xitoy san’ati, madaniyati muhitini his etishdi.

Continue ReadingXitoy operasi grimi bo’yicha mashg’ulot tashkil etildi

«21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

  • Post author:
  • Post comments:0 Comments

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida "21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) Mo'ydinov Qodirjon Abdurasulovich va Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) Muydinova Arofat Urinovna ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi va jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, tilimizni e'zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma'naviy burchimiz ekanligini…

Continue Reading«21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi