You are currently viewing «21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

«21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida «21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) Mo’ydinov Qodirjon Abdurasulovich va Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) Muydinova Arofat Urinovna ishtirok etib, o‘zbek tilining tarixi va jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb ma’naviy burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. 

Shu fursatdan foydalanib, akademik litsey jamoasi butun xalqimizni bugungi O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Fikr bildirish