Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga Yaponiyaning PADECO kompaniyasi vakillari Tetsuya Nagumo, Ozava Vanessa, Digital Knowledge kompaniyasi vakili Takahashi Kana, JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) vakili Takahashi Kanalardan iborat xalqaro delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad: O‘zbekistonda ta’lim olish sharoiti, o‘qituvchilarning malaka oshirishi, darsliklar, o‘quv dasturlar va shu kabi jarayonlar bilan tanishib, shu asnoda ikki davlathamkorligida yangi loyiha ishlab chiqishdan iborat ….





